Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Nexia-3 poyezd tagida qolib ketdi
Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 19 fevral kuni kechki payt Farg‘ona viloyatida yuz bergan baxtsiz hodisa muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. "O‘zbekiston temiryo‘llari" holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
19 fevral kuni taxminan soat 22:30 da Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 rusumli yengil avtomobil harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni «ilon izi» usulida aylanib o‘tishga uringan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga transportda xavfsizlikni ta’minlash xizmati xodimlari va temiryo‘l mutaxassislari darhol yetib kelishgan va voqea tafsilotlarini ko‘zdan kechirishgan. Yengil avtomobil haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.
Hozircha hodisaning batafsil tafsilotlari o‘rganib chiqilmoqda.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» haydovchilarni temiryo‘l kesishmalarida ehtiyotkor bo‘lishga va kelajakda bunday holatlarga uchramaslik uchun yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025