Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi
Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
 
                                    Foto: Videodan kadr
«Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan reydlar vaqtida qonunbuzilish holatlari fosh etildi.
Ohangaron tumanidagi «Alisher» MFYda joylashgan «A.I.B.» fermer xo‘jaligiga qarashli issiqxona xatlovdan o‘tkazilganda, iste’molchi bir martalik tamg‘a o‘rnatilgan zulfin va elektron gaz hisoblash uskunasini olib tashlab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 955 million so‘mlik zarar aniqlandi.
Yana bir holat viloyatning Qibray tumanida qayd etildi. «Guliston» MFYda joylashgan xonadonda yashovchi fuqaro N.D. issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy boylikdan xo‘jasizlarcha foydalanib kelgan. Noqonuniy holat bo‘yicha 49 million 673 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Mavzuga oid
 
                        07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
 
                        16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi
 
                        08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi
 
                        14:14 / 22.02.2025
 
               
             
              