Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada kichik shaharchani yer yuta boshladi
Buritikpu shahrida 55 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi va yerdagi o‘pirilma 1200 nafar aholiga tahdid solmoqda.
Braziliyaning Buritikupu shahri asta-sekin yer ostiga qulamoqda. Shahar chekkasidagi uylarni, imoratlarni va tomorqalarni yer «yutayotgani» aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shaharda 55 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi va yerdagi o‘pirilma 1200 nafar aholiga tahdid solmoqda.
«So‘nggi bir necha oy ichida chuqurliklarning kattaligi oshib ketdi», dedi shahar rasmiylari.
Aholi bir necha o‘n yillar davomida shahar atrofida yerning o‘pirilib borishini kuzatyapti. Ammo hozir tabiiy ofat turar-joy binolari etagiga yetib bordi.
Ta’kidlanishicha, yomg‘irlar qumli tuproqlarni yuvib ketyapti, shuningdek, qurilish ishlari va o‘rmonlarning kesilishi o‘pirilmalar chegaralarini oshirib bormoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025