To‘xtash talabini bajarmaganlar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
IIO xodimlarining to‘xtash talabini bir necha bor bajarmagan haydovchilar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holda jarimaga tortiladi.

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) uchinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.
Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimi yoki xodimlarining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz ketma-ket bir necha marta bajarmaslik transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilish bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (11,25 million so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksi 261-1-modda (Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish) bilan to‘ldirilmoqda.
Mavzuga oid

12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi

13:52 / 09.05.2025
Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025