Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi
Ustuvor vazifa 140 metrdan kattaroq asteroidlarni qidirish bo‘ladi, ularning to‘qnashuvi Yer uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
NASA va SpaceX ehtimoliy xavfli koinot obektlarini izlashda Yerning yangi qo‘riqchisiga aylanadigan NEO Surveyor fazoviy teleskopni uchirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Teleskop 2024 yil noyabrida o‘z ishini yakunlagan NEOWISE o‘rnini egallaydi.
NEO Surveyor teleskopining asosiy xususiyati uning infraqizil spektrda ishlash qobiliyatidir. Ushbu inqilobiy ustunlik oddiy kuzatish paytida ko‘rinmaydigan, lekin termal nurlanish chiqaradigan eng qorong‘i asteroidlarni ham aniqlash imkonini beradi. Ustuvor vazifa 140 metrdan kattaroq asteroidlarni qidirish bo‘ladi, ularning to‘qnashuvi Yer uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
NASA mutaxassislari loyihaning muhim ahamiyatini ta’kidlab, ko‘plab potensial xavfli obektlar hali ham aniqlanmaganini ta’kidlamoqda. Yangi teleskop kosmik tahdidlardan erta ogohlantirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
NASA ushbu muhim missiyani amalga oshirish uchun 100 million dollar sarmoya kiritmoqda. Teleskop Kanaveral burni stansiyasidan Falcon 9 raketasida uchiriladi.
Avvalroq, astronomlar «qotil» deb nomlangan va 2032 yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan asteroidni aniqlagan edi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025