Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi
Uychi tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi.
Namangan viloyati Uychi tumanida 22 fevral kuni Lacetti transport vositasi voyaga yetmagan piyodani urib yubordi. Viloyat YHXBning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Holat soat 15:10 atrofida Yakkatut mahallasidan o‘tgan D-109 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 11 yoshni qizni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.
YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Viloyat YHXB maktablarda ota-onalar ishtirokida YTH yuzasidan profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan. Yig‘ilishlarda ota-onalarning xushyorligini oshirish uchun viloyatda bolalar ishtirokida yuz bergan ayanchli avtohalokatlar aks etgan maxsus film qo‘yib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni Namangan shahrida davlat raqamisiz bo‘lgan qora Gentra rusumli avtomobil piyodani urib qochib ketgandi. YTH oqibatida jabrlanuvchi halok bo‘lgan, transport vositasi haydovchisi esa 12 fevral kuni qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

20:16 / 18.05.2025
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025