Rossiyaning Marseldagi konsulligida yuz bergan portlashdan keyin ikki kishi ushlandi
Rossiyaning Marseldagi konsulligida ro‘y bergan portlashdan so‘ng Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan namoyishda ikki erkak qo‘lga olindi.

Foto: Reuters
24 fevral, dushanba kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uch yilligi munosabati bilan Marselda o‘tkazilgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan namoyishda ikki erkak qo‘lga olindi. Bu Rossiya Bosh konsulligi hududidagi portlash munosabati bilan yuz berdi, deya xabar qildi BFM TV.
Jurnalistlarning yozishicha, qo‘lga olinganlar 48 va 59 yoshda, ular diplomatik muassasadagi videokuzatuv kameralari orqali aniqlangan. Ulardan biri portlashga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi hududida portlash
24 fevral kuni ertalab Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi binosi devoriga uchta portlovchi moslama tashlangan, ulardan ikkitasi portlagan. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan, hujumchi esa yashiringan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Fransiya rasmiylarini voqeani har tomonlama tekshirishga chaqirdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova terrorchilik harakati alomatlari borligini aytdi. Moskva, shuningdek, Fransiyadagi Rossiya diplomatik vakolatxonalari uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.
Mavzuga oid

20:30 / 31.03.2025
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi

20:00 / 31.03.2025
Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi

18:19 / 31.03.2025
Rossiya bosh prokuraturasi «Tolibon» faoliyatiga ruxsat berishni so‘radi

18:01 / 31.03.2025