Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShga ko‘chib o‘tish uchun «oltin kartalar» joriy etilishini e’lon qildi
AQSh prezidenti AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi oltin kartalar 5 million dollarga sotilishini e’lon qildi. U rossiyalik oligarxlar uni olishi mumkinligini istisno etmadi.
Foto: Jim Watson/AFP/Getty Images
Qo‘shma Shtatlar boy xorijliklarga «oltin kartalar» deb ataluvchi, Qo‘shma Shtatlarda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda Amerika fuqaroligiga yo‘l ochadigan kartalarni sotadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp 25 fevral, seshanba kuni Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, «oltin karta»ning narxi taxminan 5 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
«Biz oltin kartani sotmoqchimiz», deb o‘z veb-saytida davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN. «Sizda yashil karta bor. Bu esa - oltin karta. Biz bu kartani taxminan 5 million dollarga baholaymiz va bu sizga yashil karta imtiyozlarini beradi, plyus fuqarolikni oson olish imkonini yaratadi. Boy odamlar bizning mamlakatimizga kelib, bu kartani sotib oladi».
«Oltin karta» EB-5 immigratsion vizalari o‘rnini bosadi
AQSh savdo vaziri Govard Lyutnikning tushuntirishicha, oltin karta hukumatning EB-5 immigratsion vizasi dasturi o‘rnini bosadi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, oltin kartalar savdosi ikki hafta ichida boshlanishi mumkin. U millionlab kartalar sotilishini kutmoqda. «Huquqiy nuqtayi nazardan, bu mutlaqo qonuniydir», dedi AQSh prezidenti.
«Rossiyalik oligarxlarga oltin kartalarni sotishga tayyormisiz» degan savolga Donald Tramp shunday javob berdi: «Ha, balki. Men juda yaxshi odamlar bo‘lgan ba’zi rus oligarxlarini bilaman».
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025