Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
AQShning turli prezidentlari tomonidan Rossiyaga qarshi 2014, 2018 va 2022 yillarda sanksiyalar joriy etilgan. Donald Tramp ushbu sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Qrimning anneksiya qilinishi hamda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRning tan olinishi sabab Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda 27 fevral kuni taqdim etilgan AQSh Federal reyestri materiallarida so‘z boradi.
Tramp AQShning turli prezidentlari tomonidan 2014, 2018 va 2022 yillarda joriy etilgan sanksiyalarni uzaytirdi. Hujjatda qayd etilishicha, barcha cheklovlar «2025 yil 6 martdan keyin ham kuchda qolishi kerak».
«Ushbu farmonlarda ko‘rsatilgan harakat va siyosat Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosati manfaatlariga noodatiy va favqulodda xavf tug‘dirishda davom etmoqda», — deyiladi hujjatda.
Donald Tramp 25 fevral kuni hozirda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muzokaralar jarayonining bir qismi sifatida ko‘rib chiqmayotganini, ammo «qachondir ko‘rib chiqishini» ma’lum qilgandi. 26 fevral kuni jurnalistlar bilan muloqotda esa Tramp Qo‘shma Shtatlar RFga qarshi sanksiyalarni faqat Rossiya—Ukraina urushi tugaganidan keyin bekor qilishga tayyorligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning navbatdagi paketini kelishib olgandi. Unga ko‘ra, alyuminiy importida cheklovlar joriy etilgan, yana 13 ta bank SWIFT tizimidan o‘chirilgan, «soyadagi flot»ning 70 dan ortiq kemasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llangan.
Mavzuga oid

21:03 / 28.03.2025
AQSh va Rossiya Arktikada faollashdi: Vens Grenlandiyaga bormoqda, Putin Murmanskda forum o‘tkazdi

16:30 / 28.03.2025
Tramp Oq uyda musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025