O‘zbekiston | 12:55 / 01.03.2025
2863
1 daqiqa o‘qiladi

Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

Elchixona tasdiqlanmagan ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali tarqatmaslikni so‘radi.

Foto: “Yugnash.ru”

Litvaning Shyaulyay shahrida joylashgan “Vishinskiy” mehmonxonasida o‘zbekistonlik erkak ikki kishini pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi buni rad etdi.

“Elchixona tomonidan Litvaning vakolatli idoralari bilan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Shyaulyay shahrida joylashgan “Vishinskiy” mehmonxonasida O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq bunday holat yuz bermagani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Elchixona tasdiqlanmagan ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali tarqatmaslikni so‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid