Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi
«Aziz yurtdoshlar, hurmatli dindoshlar! Sizni kirib kelgan Ramazoni sharif bilan samimiy muborakbod etaman! Alloh bu muborak oyni aziz Vatanimiz uchun, butun dunyo musulmonlari uchun tinchlik-xotirjamlik, ahillik va baraka oyi qilsin», – deb yozdi prezident yordamchisi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
«Aziz yurtdoshlar, hurmatli dindoshlar! Sizni kirib kelgan Ramazoni sharif bilan samimiy muborakbod etaman! Alloh bu muborak oyni aziz Vatanimiz uchun, butun dunyo musulmonlari uchun tinchlik-xotirjamlik, ahillik va baraka oyi qilsin. Ramazon muborak!» – deb yozdi prezident yordamchisi.
Avvalroq “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi.
Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:
🔹ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;
🔹oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
🔹atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025