Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari 30 ta xorijiy so‘zni o‘zbekcha muqobili bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflarni e’lon qildi.
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan 30 ta xorijiy so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Institut quyidagilar taklif qildi:
- Aysberg - Muztog‘
- Bruschatka - Yo‘lg‘isht
- Diskussiya - Bahs, munozara
- Zona - Hudud
- Instrument - Ish quroli
- Intensiv - Jadal
- Kamera - Bo‘lma
- Konstruksiya - Tuzilma
- Koordinator - Muvofiqlashtiruvchi
- Koridor - Yo‘lak
- Lider - Yo‘lboshchi, yetakchi
- Marshrut - Yo‘nalish
- Progress - Ilg‘or, rivojlanish
- Dostavka - Yetkazish
- Probeg - Yurim
- Set (ovqatlar seti bo‘yicha) - To‘plam
- Oprava - Ko‘zoynak bandi
- Polik - To‘shama
- Balansirovka - Muvozanatlashtirish
- Vnedorojnik - Yo‘ltanlamas
- Chelenj - Chorlov
- Navigator - Yo‘llagich
- Selfi - O‘zchekim
- Svetofor - Yo‘lchiroq
- Ekspluatatsiya - Foydalanish
- Aksiya - Yalpi harakat
- Kuler - Suvlik
- Keshbek - Hadya-qaytim
- Poverbank - Kuchlantirgich
- Karving - Meva bezakchiligi
«Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. Tilimizga befarq bo‘lmang!», deyiladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabarida.
Taklif etilgan so‘zlar bo‘yicha har kim o‘z fikri va boshqa muqobilini quyidagi sahifada qoldirishi mumkin.
Mavzuga oid
22:24 / 01.02.2025
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Galina Matviyevskaya vafot etdi
17:28 / 16.12.2024
Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi
11:36 / 07.12.2024
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi
16:51 / 21.09.2024