Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes: Rossiyadagi muhim infratuzilma obektlarining 95 foizi hali ham chet el dasturiy ta’minotidan foydalanmoqda
Ekspertlarning aytishicha, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan «jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi» va texnologik suverenitetning qo‘ldan boy berilishiga olib keladi.
Rossiyadagi muhim axborot infratuzilmasi obektlarining katta qismi (95 foiz) ish faoliyatini nazorat qilishda hali ham chet el dasturiy ta’minotidan foydalanadi, deb yozmoqda Forbes.
Muhim axborot infratuzilma obektlari qatoriga banklar, telekom-kompaniyalar, tibbiyot muassasalari, davlat tashkilotlari kiradi. Tadqiqot davomida «Monk Dijital Lab» mutaxassislari muhim IT-infratuzilma operatorlari vakillari bilan 152 ta intervyu o‘tkazgan.
Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, obektlarning taxminan 40 foizi g‘arb tijoriy platformalaridan, xususan, IBM Netcool, Splunk, Micro Focus Ops Bridge, Microsoft Scom va boshqalardan foydalanadi. Obektlarning 80 foizga yaqini o‘z tarmog‘ining kamida bitta tarmog‘ida xorijiy open source (ochiq kodli) yechimni qo‘llab kelmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ushbu dasturlarning Rossiyada yaratilgan muqobillaridan ko‘pincha hisobot uchun yoki test rejimida foydalaniladi (obektlarning 30-40 foizi). Tadqiqot natijalari obektlarning qariyb 55 foizi Rossiya yechimlarini xarid qilgani, ammo «ulardan doim ham foydalanmasligini» ko‘rsatgan. Muhim axborot infratuzilma obektlarning faqat 10-20 foizi to‘liq Rossiya yechimi asosida ishlaydi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, muhim infratuzilma obektlarida chet el dasturiy ta’minotlaridan foydalanish qonunchilik bilan taqiqlangan. Bundan tashqari, ekspertlarning aytishicha, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan «jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi» va texnologik suverenitetning qo‘ldan boy berilishiga olib keladi — sanksiyalar kuchaytirilsa, ular o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025