Fan-texnika | 12:40 / 03.03.2025
3888
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

Hindistonning Larsen & Toubro (L&T) kompaniyasi O‘zbekistonda sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi va quvvati 10 megavattga teng bo‘lgan birinchi barqaror ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasini amalga oshiradi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrida hayotga tatbiq etiladigan loyiha yangi avlod sun’iy intellekt ilovalarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or imkoniyatlar bilan jihozlangan zamonaviy obektni loyihalash, texnologiyalar xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishni o‘z ichiga oladi.

Larsen & Toubro muhandislik kompaniyasi tomonidan tarqatilgan xabarda mazkur loyiha "muhim" buyurtma deb atalgan.

Ma’lumotlar markazi ilg‘or xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda konfidensial ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mustahkam tizimlar bilan jihozlanadi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Loyiha mintaqadagi ma’lumotlar markazlari infratuzilmasi uchun yangi standartlarni joriy qiladi, ilg‘or texnologiyalarni barqarorlikka bo‘lgan qat’iy intilish bilan uyg‘unlashtiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid