Tramp talabalarning norozilik namoyishiga yo‘l qo‘yadigan universitetlar moliyalashtirishdan uzilishini ma’lum qildi
AQSh prezidentiga ko‘ra, namoyish tashviqotchilari qamoqqa olinadi yoki o‘zlari kelgan mamlakatga butunlay deportatsiya qilinadi.

Foto: The Washington Post
AQSh prezidenti Donald Tramp talabalar namoyishlariga yo‘l qo‘yib beradigan Amerika maktab va universitetlari federal moliyalashtirishdan to‘xtatilishini va’da qildi.
«Noqonuniy namoyishlarga ruxsat beradigan har qanday kollejlar, maktab yoki universitetlar barcha federal moliyalashtirishdan to‘xtatiladi. Tashviqotchilar qamoqqa tashlanadi yoki o‘zlari kelgan mamlakatiga butunlay qaytarib yuboriladi. Amerikalik talabalar o‘qishdan butunlayga chetlatiladi yoki jinoyatidan kelib chiqib, hibsga olinadi», — deb yozadi Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
Kolumbiya universiteti allaqachon norozilik namoyishlari tufayli moliyalashtirishdan uzilish tahdidiga duch kelgan. Tramp ma’muriyati ta’lim muassasasi Falastin tarafdori bo‘lgan talabalar noroziliklari paytida antisemitizmni bartaraf eta olmagani sababli universitetning federal grantlari va shartnomalarini ko‘rib chiqish boshlanganini ma’lum qildi.
Yanvar oxirlarida Tramp antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va Falastinni yoqlab o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etgan chet el talabalarini deportatsiya qilishga va’da bergandi. Farmon bilan federal vazirlik va idoralarga 60 kun ichida antisemitizmga qarshi kurashda foydalanish mumkin bo‘lgan vositalarni ishlab chiqish yuklangan.
Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasiga qarshi namoyishlar 2023 yil 7 oktyabrdan keyin boshlangandi. 2024 yil bahorda namoyishchilar Kolumbiya universiteti kampusining asosiy binolaridan birini egallagan. Namoyishlar, shuningdek, Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Shimoliy Karolina universitetlarida ham bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar AQSh hukumatiga Isroilni har qanday moliyalashtirishdan voz kechishni va G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni talab qilgan.
Mavzuga oid

18:00
Putin va Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Bu haqda nimalar ma’lum?

09:04
Tramp: Baydenning ayrim shaxslarni afv etishi - haqiqiy emas

22:18 / 17.03.2025
AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo urushidan ko‘riladigan zarar qariyb 10 trln dollarga baholandi

22:02 / 17.03.2025