Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qator kompaniyalarga to‘lovlarni elektron shaklda ham qabul qilish majburiy deb belgilandi
Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi hamda mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar 1 iyulgacha majburiy tartibda elektron to‘lov tizimlariga ulanishi va mijozlarga ular orqali to‘lov qilish imkoniyatini yaratishi kerak. Aks holda, bu holat terminal orqali to‘lov qabul qilishni rad etishga tenglashtiriladi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
«Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab aholiga xizmat ko‘rsatuvchi budjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda elektron to‘lov tizimlariga ulanishi hamda to‘lovlarni ular orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratishi kerak.
Bunda yuridik shaxslar tomonidan to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilishni rad etish hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etishga tenglashtiriladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2 oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Strategik islohotlar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025 yil 1 iyulga qadar 2025-2030 yillarda elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, hukumatga kiritishi lozim.
Mavzuga oid
11:34 / 26.05.2025
Masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi
10:41 / 26.05.2025
Markirovka bo‘yicha soliq inspeksiyasi tashkil etiladi
14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda
20:43 / 30.04.2025