Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi. Uchrashuvda, xususan, umumiy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda amaliy sa’y-harakatlarni kengaytirish masalasiga e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan umumiy xavf va xatarlarga qarshi kurashishda amaliy sa’y-harakatlarni kengaytirish, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari asosida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhim ekani ta’kidlangan.
Samarqand sammitida boshlangan ShHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan, tashkilotning barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Yangi iqtisodiy muloqot»ni rivojlantirish konsepsiyasi va mamlakatning boshqa qator tashabbuslarini amalga oshirish zarurligi qayd etilgan. «Bular savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim, elektron tijorat dasturi, investitsiyalarni rag‘batlantirish kompleksi, logistikada raqamlashtirish rejasi, «ShHT kelajak texnologiyalari» dasturi, Oziq-ovqat xavfsizligi atlasi va boshqalarni qabul qilishdir», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan.
Mavzuga oid

10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

18:30 / 27.05.2025