Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi
Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.
«Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- maxsus iqtisodiy zonalarda 2,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 4,3 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 12 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish;
- sanoat zonalarida 800 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini 512,2 million AQSh dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini
- 1,8 milliard AQSh dollariga teng miqdorda ta’minlash va 17 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish.
Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo‘yicha faqat eksportga yo‘naltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni o‘ralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025