Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Toshkent shahri hokimligi «Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi» mazmunida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosiz ekanini ma’lum qildi.
«Bugungi kunda Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. Aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar odatdagidek davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Hokimlik aholidan tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, faktchekingdan foydalanishni so‘ragan. Buning uchun ishonchli va rasmiy axborot manbalari yetarli ekanini eslatib o‘tgan.
Ushbu xizmatlar yuzasidan savollar yoki fikrlar bo‘lsa quyidagi raqamlarga 71- 247−02−11, 71- 247−79−21 yoki @maxsustrans_support Telegram guruhiga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
09:41 / 26.03.2025