Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
Prezidentning "Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni va "Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
2025 yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab quyidagilar nazarda tutiladi:
- xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va (yoki) yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishini belgilash (bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar, dasturlarga kiritilgan va aksiz solig‘i to‘lovchi sub’yektlar mustasno);
- Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan mazkur mikrofirma va kichik korxonalar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining axborot tizimidan olib, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish;
- yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’muriy ma’lumotlaridan foydalanish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda:
- hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi "Maslahatchi" interaktiv xizmati;
- foydalanuvchilarga statistika ma’lumotlarini tez izlab topishga ko‘maklashuvchi "Tahlilchi" konsultativ xizmati;
- statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi "Call-markaz" faoliyati.
Mavzuga oid

10:45 / 01.05.2025
O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi

19:48 / 30.04.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

09:45 / 29.04.2025