Kongoda isyonchilar yetakchilarini qo‘lga olishda yordam berganlarga 5 mln dollar va’da qilindi
Mukofot puli «Kongo daryosi ittifoqi» isyonchilar harakati yetakchisi Korneil Nangaa hamda uning tarafdorlari uchun e’lon qilindi.

Foto: AP
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hukumati «Kongo daryosi ittifoqi» isyonchilar harakati yetakchisi Korneil Nangaani qo‘lga olishga yordam berganlar 5 million dollar mukofot puli e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.
«Adliya vaziri Korneil Nangaa, Bertran Bisimva va Sultani Makenga hibsga olishda kim yordam bersa, 5 million dollar miqdorida mukofot puli berilishini e’lon qildi», — deyiladi xabarda.
«Kongo daryosi ittifoqi» isyonchilar guruhi mamlakat sharqida faollashgan M23 harakatini ham o‘zi ichiga oladi. Oldinroq Nangaa M23 Kongo poytaxti Kinshasa tomon harakatlanayotganini e’lon qilgandi. Angola boshchiligidagi muvaffaqiyatsiz kechgan vositachilik urinishlaridan keyin M23 Kongo sharqiga hujumni qayta tiklagan. Mamlakat rahbariyati qo‘shni Ruandani isyonchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, o‘z qo‘shinlarini KDRdan olib chiqib ketishni talab qilgan.
Yanvar oxirlarida M23 guruhi isyonchilari Goma shahrini nazorat ostiga olgandi. BMT va mamlakat xavfsizlik organlaridagi manbalarga ko‘ra, Goma qamalida isyonchilar bilan birgalikda 3-4 ming atrofidagi ruandalik harbiylar ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid

17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi

14:45 / 24.02.2025
Kongo AQSh va Yevropa Ittifoqiga o‘z resurslaridan foydalanishni taklif qildi

22:57 / 04.02.2025
Kongoda mpox’ga chalingan 100 dan ortiq bemor davolash markazlaridan qochib ketdi

16:48 / 28.01.2025