Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya konsorsiumi O‘zbekistonda transport va energetikada qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Arup konsorsiumi boshqaruv raisi Jyerom Frost bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jyerom Frost Arup kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan sermahsul hamkorlik qilib kelayotgani va shu kungacha respublikada 15 ta xususiy va davlat sektoridagi mijozlar bilan 30 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganini ma’lum qildi.
Arup kompaniyasi tomonidan Samarqand turizm markazi, shu jumladan, Kongress-holl va 8 ta mehmonxona, "Toshkent Siti" ishbilarmonlik hududidagi Kongress-holl va Hilton mehmonxonasi, O‘zbekiston milliy kutubxonasi, shuningdek, bir qator transport va energetika infratuzilmalarini qurish bo‘yicha loyihalash va muhandislik xizmatlari ko‘rsatilgan.
Konsorsium boshqaruv raisi Jyerom Frost kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Suhbat davomida, shuningdek, kelgusidagi rejalar va yangi loyihalar xususida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Arup kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatda yirik inshootlarni, shu jumladan, transport va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025