Pokistonda separatistlar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutib, 450 dan ortiq odamni garovga oldi
«Balujiston ozodlik armiyasi» separatistlari uyushtirgan hujum oqibatida poyezd mashinisti yaralangan.

Foto: Getty images
«Balujiston ozodlik armiyasi» separatistlari Pokiston janubi-g‘arbidagi yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutdi. Bu haqda guruh bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.
Otishma oqibatida poyezd mashinisti yaralangan va yo‘lovchilar garovga olingan.
Qayd etilishicha, poyezd Kvetta shahridan Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyati tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.
AFP’ning Kvetta shahri amaldoriga tayanib yozishicha, jangarilar 450 dan ortiq yo‘lovchini garovga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar guruhi temiryo‘lni portlatib, «Sibi tumanidagi poyezdni nazorat qilmoqda». Politsiya xodimiga ko‘ra, Kvettadan harakatlangan poyezd «tog‘lar bilan o‘ralgan tunnel oldida» qolib ketgan. Yaqin atrofdagi shifoxonalarda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.
Balujiston — Pokistonning eng yirik va eng qashshoq viloyatlaridan biri. Mintaqada o‘nlab yillardan beri separatistlar guruhi faoliyat yuritib keladi. «Balujiston ozodlik armiyasi» 1970 yillarda tashkil etilgan. A’zolari tomonidan uyushtirilgan hujumlar uchun ular Pokiston, AQSh, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq va Xitoyda terrorchilik guruhi deya tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 9 noyabr kuni Balujiston viloyatidagi temiryo‘l vokzalida xudkush o‘zini portlatib yuborgandi. Portlash yuzdan ortiq insonlar poyezd kutib turgan Peshavor stansiyasida sodir bo‘lgan va oqibatda 24 kishi halok bo‘lgan edi. «Balujiston ozodlik armiyasi» separatistik guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025