Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibi O‘zbekiston hududiga o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahriga tashrif buyurib, Sog‘likni saqlash, Ichki va Tashqi ishlar, Iqtisodiy rivojlanish, Fan va ta’lim vazirliklari, Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) va Moskva shahar hokimligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, kun tartibida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, shuningdek, Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari duch kelayotgan muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida mazkur yo‘nalishlarda bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, xorij tomon Rossiyada ishlash niyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ishga qabul qilish va kasbiy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatladi, ruxsatnomalar olish tartibini O‘zbekiston hududiga o‘tkazish masalasini ishlab chiqishni tezlashtirishga kelishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy maqomini qonuniylashtirish jarayoniga ko‘maklashishni davom ettirish, ularning Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini tashkil etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shu nuqtayi nazardan, "Rostrud" xorijlik ishchilarni tashkiliy yollash bo‘yicha "yagona operator" tizimini yaratish, shuningdek, imtiyozli shart-sharoitlarni, jumladan, ish beruvchi hisobidan patent uchun to‘lovni ishlab chiqish masalasi ustida ishlamoqda.
Bundan tashqari, Rossiyadagi mehnat muhojirlari haqidagi yolg‘on va noxolis ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalarida tarqalishining oldini olish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirish yo‘lida amaliy harakatlar olib borilayotganligi qayd etildi.
Mamlakatning Moskva shahridagi elchixonasida Rossiyaning bir qator yirik ish beruvchi kompaniyalari ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 3 mingdan ortiq fuqarosini tashkiliy ravishda ishga olish bo‘yicha to‘rtta hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025