O‘zbekiston | 13:42
6535
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga taglik importi sezilarli qisqardi

2024 yilning dastlabki ikki oyida prokladka va tagliklar importi fizik hajmda 1,8 barobarga, qiymat jihatdan 2,7 barobarga kamayib ketdi. Bu dinamika narx-navoda o‘z aksini topmoqda.

Foto: iStock

O‘zbekistonga taglik importidagi sezilarli pasayish fonida narxlar oshishi kuzatilmoqda. Bu haqda Kun.uz suhbatlashgan qator do‘kondorlar ma’lum qildi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida ayollar va bolalar uchun gigiyenik prokladka va tagliklar importi 2112 tonnani tashkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri (3826 tonna) bilan taqqoslaganda, 1714 tonnaga yoki 1,8 barobarga kam.

Bu toifadagi mahsulotlarni olib kirish qiymat jihatdan 2,7 barobarga kamaygan: ikki oylik import o‘tgan yilgi 15,2 mln dollardan bu yil 5,6 mln dollargacha qisqargan.

Kun.uz bu holatga e’tibor qaratishiga ijtimoiy tarmoqlarda bolalar tagligi uchun sertifikat joriy etilgani va import tagliklarga sertifikat berilmayotgani haqida tarqalgan mish-mish sabab bo‘ldi. Tahririyat bu qanchalik haqiqatga yaqinligi bo‘yicha izoh berishini so‘rab, Texnik tartibga solish agentligiga savol yo‘lladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga ayollar va bolalar gigiyenik prokladka va tagliklari importining umumiy qiymati 2023 yilda 102,8 mln dollar, 2024 yilda 86,9 mln dollarni tashkil etgan.

Mavzuga oid