Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
Ta’kidlanishicha, Vengriya 3 nafar rossiyalikni sanksiyalardan ozod qilinishiga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: EPA
Vengriya Yevropa Ittifoqining ikki mingdan ortiq rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalarni olti oyga uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ta’kidlanishicha, Vengriya sanksiyalarni uzaytirmaslik bilan tahdid qilib, 8 nafar rossiyalik, jumladan tadbirkorlar Mixail Fridman va Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab etdi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya oxir-oqibat 3 nafar rossiyalikni sanksiyalardan ozod qilinishiga muvaffaq bo‘lgan. Agentlik rossiyaliklarning ismini keltirmadi, biroq ular orasida Fridman yo‘qligini ta’kidladi.
«Sistema» Yevropa Ittifoqining diplomatik doiralaridagi manbalariga tayanib, quyidagi shaxslar sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qildi:
- Gulbahor Ismoilova Alisher Usmonovning singlisi bo‘lib, taxminlarga ko‘ra, uning xorijdagi aktivlarining bir qismiga egalik qiladi;
- Mixail Degtyarev - Rossiya Federatsiyasi sport vaziri, Davlat Dumasining sobiq deputati;
- Vyacheslav Moshe Kantor - biznesmen va Yevropa yahudiylari kongressining sobiq rahbari.
Vengriya Tashqi ishlar vazirligi «Sistema» jurnalistlarining so‘roviga javob bermadi.
Vengriya rasmiylari Bryusseldan imtiyozlar talab qilib, Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini uzaytirishga veto qo‘yish bilan bir necha bor tahdid qilgan. Biroq, har safar Vengriya rasmiylari sanksiyalarni uzaytirishni qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid

19:54 / 13.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya strategik sherik bo‘ldi. Maqsadlar va manfaatlar nima?

12:27 / 13.03.2025
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda

17:27 / 12.03.2025
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

21:08 / 11.03.2025