Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: AirPods quloqchinlari suhbatni real vaqtda boshqa tilga tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi
AirPods’ning yangi funksiyasi - Apple dasturiy ta’minotining 2025 yilga rejalashtirilgan keng ko‘lamli modernizatsiyasining bir qismidir.
Apple kompaniyasi AirPods quloqchinlariga suhbatlashayotgan odamning so‘zlarini real vaqtda boshqa tilga tarjima qilish imkonini beradigan funksiyani qo‘shadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik jurnalisti Mark Gurmanning manbasiga ko‘ra, ushbu funksiya 2025 yilda AirPods dasturiy ta’minoti yangilanishi doirasida taqdim etiladi. U iPhoneʼlar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning yangilangan versiyasi — iOS 19 bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, yangi funksiya AirPods foydalanuvchilariga «Yulduzlar yo‘li» serialidagi kabi imkoniyatni taqdim etadi: ingliz tilida gaplashayotgan odam ispancha nutqni eshitsa, iPhone uni tarjima qiladi va foydalanuvchining quloqchinlariga ingliz tilida uzatadi. Shu bilan birga, ingliz tilida gapirayotgan inson so‘zlari ispan tiliga o‘giriladi.
Apple mazkur yangilikka izoh berishdan bosh tortdi.
Bloombergʼning ta’kidlashicha, AirPods’ning yangi funksiyasi — Apple dasturiy ta’minotining 2025 yilga rejalashtirilgan keng ko‘lamli modernizatsiyasining bir qismidir. Avvalroq agentlik Apple iPhone, iPad va Mac interfeysini o‘zgartirmoqchi ekani to‘g‘risida xabar bergandi.
Apple’ga raqobatchi kompaniyalar allaqachon tarjima funksiyasiga ega quloqchinlarni chiqarishni boshlagan, masalan, Google Pixel Buds quloqchinlarida shu kabi imkoniyat mavjud.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025