Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada prezident korteji britaniyalik erkakni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
Haydovchi hibsga olindi, biroq o‘sha kuniyoq qo‘yib yuborildi.
Nayrobida hukumat avtomobili britaniyalik fuqaroni urib ketdi. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.
79 yoshli Edgar Charlz Frederik Keniyada yashovchi singlisi va jiyanini ko‘rishga borgandi. U Keniya poytaxtidagi ommaviy tadbirga ketayotganida, prezident Uilyam Rutoning korteji gavjum markaziy ko‘chada yuqori tezlikda harakatlangan.
Mashinalardan biri britaniyalikni urib yuborgan. Voqeadan so‘ng avtomobil to‘xtamasdan yo‘lni davom ettirgan. Erkak boshidan og‘ir jarohat olib, hayotdan ko‘z yumgan.
Haydovchi hibsga olindi, biroq o‘sha kuniyoq garov evaziga qo‘yib yuborildi. Politsiyaning tushuntirishicha, Keniyada prezident korteji xavfsizlik nuqtayi nazaridan tez-tez yuqori tezlikda harakatlanadi.
Avvalroq Keniyadagi qishloqqa osmondan yarim tonnalik metall halqa qulab tushgandi. Jism raketa bo‘lagi ekani taxmin qilindi. Halqa qulashi oqibatida mahalliy aholiga zarar yetmagan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025