Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya O‘zbekistonda yirik nasos stansiyalarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazadi
O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning Grupo Enhol kompaniyasi bosh direktori Roberto Sabals bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida Enhol kompaniyasi ishtirokida Qoraqalpog‘istonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini bunyod etish investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Enhol kompaniyasi bosh direktori O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Xususan, ispan kompaniyasi Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarini qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tkazish bo‘yicha yangi loyihalarni taqdim etdi. Ular nasos stansiyalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining kamida 50 foizini qoplay oladi.
Qayd etilishicha, Enhol kompaniyasi bilan hamkorlik O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish, Ispaniyaning ushbu sohadagi ilg‘or texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishishga katta hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
08:24 / 26.03.2025
O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi
09:54 / 13.01.2025
Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtoyo‘llar bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari tashkil etiladi
08:11 / 09.01.2025
DXSh asosida yirik “yashil energiya” stansiyalari barpo etiladi
16:21 / 11.11.2024