Aydar-Arnasoy ko‘llarida o‘tkazilgan reydlarda 423 mln so‘m jarimalar belgilandi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2025 yilning yanvar-fevral oylarida 125 ta nazorat chora-tadbirlari amalga oshirildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Reydlar davomida 94 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Jami jarimalar miqdori 423 million so‘mni, tabiatga yetkazilgan zarar esa 28 million 136 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, 26—28 fevral kunlari Aydar-Arnasoy ko‘llari hududida suvda qolib ketgan noqonuniy baliq ovlash to‘rlarini bartaraf etish bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Natijada Navoiy viloyatidagi Aydarko‘ldan har biri 100 metr uzunlikdagi 100 dona, Tuzkon ko‘lidan har biri 100 metr uzunlikdagi 70-80 dona, Arnasoy ko‘lidan esa har biri 100 metr uzunlikdagi 50-60 dona to‘r olib tashlandi.
Avvalroq Jizzax viloyati Arnasoy tumani hududida o‘tkazilgan reyd davomida hayvonlar dunyosiga 487 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

09:43 / 21.01.2025
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

08:16 / 25.12.2024
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ov oqibatida 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

17:12 / 20.08.2024
Shveytsariya hukumati ko‘llardagi o‘q-dorilarni yig‘ib olish uchun eng yaxshi g‘oyalarga 58 ming dollar va’da qildi

20:30 / 09.08.2024