Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda va kooperatsiya chuqurlashmoqda. Birgalikda «Shovot - Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy sheriklik, muhim forum va anjumanlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo plyus» formatida o‘tkaziladigan sammitlar hamda Toshkent shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Davlat rahbari joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Turkmaniston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasida o‘tkaziladigan forum va boshqa xalqaro tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid

20:33 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash masalasini muhokama qildi

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

12:03 / 19.03.2025
Ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinadi - prezident

11:43 / 19.03.2025