Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Davlat rahbari 19 mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda raqobatbardosh bo‘lish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga o‘qitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, ko‘paytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir o‘rinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yib, ular ko‘targan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Mavzuga oid
10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi
13:52 / 14.02.2025
Kasaba uyushmalari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
15:04 / 05.02.2025
2025 yilda O‘zbekistonda 2 mlndan ziyod aholi biznesga jalb qilinadi
13:23 / 27.01.2025