Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Soliq kodeksiga, “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi va aylanmasi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlari keskin oshirilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirish, shuningdek qalbaki, asillik darajasiga muvofiq bo‘lmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish maqsadida ushbu sohadagi huquqbuzarlik sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha jarimalar nazarda tutilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 2027 yil 1 sentabrga qadar soliq imtiyozlari tatbiq etilmoqda.
Aynan shu muddatga qadar mazkur tadbirkorlarga ishlab chiqarishda foydalaniladigan yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulk obektlari mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
18:24 / 18.04.2025
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
08:54 / 17.04.2025