O‘zbekiston | 12:59 / 21.03.2025
1109
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSh elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi

Tomonlar Afg‘oniston muammosi bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlandi. Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

AQSh tomoni Termiz Cargo Center xalqaro transport-logistika habi BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi global tarmog‘iga kiritilganini munosib olqishladi.

Mavzuga oid