O‘zbekiston | 13:53 / 21.03.2025
1035
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Fransiya elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining Afg‘oniston yo‘nalishidagi bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oreliya Bushez O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida e’tirof etdi.

Mavzuga oid