Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Samarqandda xalqaro turizm markazidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
Prezident xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, majmuada xorijiy delegatsiyalar va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, qulayliklarni kengaytirishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilmoqda, qator yangi obektlar qurilmoqda. Jumladan, markaz hududida konsert zali barpo etilmoqda va zamonaviy akustika uskunalari bilan jihozlanmoqda.
Prezident xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shu yerning o‘zida Samarqand viloyati hokimi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan davlat rahbariga hisobot berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda Samarqandda yirik xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tadi. Bugungi kunda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti va Iqlim forumi, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari” sammiti, YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025