Jahon | 01:36 / 23.03.2025
16558
2 daqiqa o‘qiladi

23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

23 mart kuni erta tongda Yer atrofidagi geomagnit muhit sezilarli ravishda yomonlashuvi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, geomagnit bo‘ronlariga olib keladigan plazma buluti Yer orbitasiga Toshkent vaqti bilan taxminan soat 05:00 da yetib keladi.

Foto: Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi

Mazkur jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan geomagnit qo‘zg‘alishlar kamida 30 soat davom etadi. Bo‘ronlar eng yuqori darajaga Toshkent vaqti bilan 05:00 dan 17:00 gacha yetib boradi, ularning avji esa ertalabgi soat 10:00 atrofida kuzatiladi. Hozirgi paytda eng ehtimolli ssenariy — G3 darajasidagi kuchli bo‘ronlar. G4 (juda kuchli) darajasiga chiqish ehtimoli 10 foiz atrofida baholanmoqda.

Magnit bo‘ronlari fonida qutb yog‘dulari (shimol yog‘dusi) zonasi 50–55 gradus geografik kenglikkacha — ya’ni Moskva va undan janubda joylashgan hududlargacha tushishi mumkin. Bu jarayonga qulay ifodalangan sayyoralararo magnit maydoni va yuqori tezlikdagi quyosh shamoli sabab bo‘lmoqda. Quyosh shamolining kuchayishi tufayli qutbiy ovallik kengaygani ham kuzatish mumkin. Kecha kechqurundan boshlab ko‘plab kuzatuvchilar shimoliy yog‘dularining namoyon bo‘layotgani haqida xabar berila boshlangan. 

Magnit bo‘ronlari yuz berayotgan chog‘da aholiga o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lish, xususan, yurak-qon tomir tizimida muammosi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.

Mavzuga oid