Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi
Tramp rasmiylarga tizimni yaratish xarajatlarini 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan budjetga kiritish haqida ko‘rsatma bergani ta’kidlanmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikada Isroilning «Temir gumbaz»iga o‘xshash tizim yaratishni mamlakat xavfsizligining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi. Tramp Mudofaa vazirligi budjeti qisqartirilishi ehtimoliga qaramay, «Oltin gumbaz»ni yaratish niyatida, deb xabar berdi CNN.
Telekanal AQSh prezidenti rasmiylarga tizimni yaratish xarajatlarini 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan budjetga kiritish haqida ko‘rsatma berganini da’vo qilmoqda. Shu bilan birga, Oq uyda tizim qanday ko‘rinishi va ishlashi haqida aniq loyiha yo‘q. «Hozir «Oltin gumbaz» shunchaki g‘oya», dedi nashrga Amerika ma’muriyatidagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday noaniqlik tizim budjeti hajmini baholashni «deyarli imkonsiz» qiladi. Manba, shuningdek, AQSh Isroil tajribasidan samarali nusxa ko‘chira olmaydi, deb da’vo qilmoqda. Bu mamlakatlarning kattaligi va logistikadagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
Prezident sifatida inauguratsiya qilinganidan keyingi birinchi haftada Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni himoya qilish uchun raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bloomberg xabariga ko‘ra, bunday tizimni 2030 yilgacha joriy etish yiliga 100 milliard dollarga tushadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025