Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Eron TIV rahbari Abbos Arakchi vaziyat o‘zgargani va mamlakat oldingi shartlarga qayta olmasligini ma’lum qildi.
Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Birgalikdagi harakatlar rejasini hozirgi shaklda qayta tiklashdan bosh tortdi. Bu haqda TIV rahbari Abbos Arakchi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Birgalikdagi harakatlar rejasi formulasidan Eron va G‘arb o‘rtasidagi yangi kelishuvni tuzishda asos sifatida foydalanish mumkin.
«Birgalikdagi harakatlar rejasi hozirgi ko‘rinishda bizga maqbul emas. Vaziyatimiz sezilarli darajada o‘zgardi va biz oldingi shartlarga qayta olmaymiz», — deydi Arakchi.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya Eronga qarshi sanksiyalarni yechish masalasida AQShga ta’sir ko‘rsatishni va’da qilgan.
«Biz Birgalikdagi harakatlar rejasidagi formulaga kelish uchun, shuningdek, yadroviy dasturga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va G‘arb davlatlari sanksiyalarni yechishi uchun Yevropaning uchta davlati bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ushbu sanksiyalar yevropaliklar emas, balki amerikaliklar qo‘lida. Yevropaliklar ushbu masalada amerikaliklarga qarshi turishlarini bildirmoqda», — deydi TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Eron 2020 yil yanvar oyida AQSh kuchlari Trampning buyrug‘iga binoan Eron generali Qosim Sulaymoniyni Bag‘dodda o‘ldirgandan so‘ng yadroviy kelishuvdan butunlay chiqib ketgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan oy Eron bilan yangi yadroviy kelishuvga erishish imkoniyatini ko‘tardi. U Eronni «bombardimon qilmasdan» kelishuvga erishmoqchi ekanini ma’lum qildi va Eron ham buni xohlasa kerak, dedi. 7 mart kuni Amerika prezidenti Eron bilan munosabatlarda «qiziq vaqtlar» yaqinlashganini aytdi.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mart oyi boshida AQSh bilan muzokaralar olib borish zarur deb hisoblagan edi. Biroq Xomanaiy bunga qarshi chiqdi – prezident esa bunga e’tiroz bildirolmaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025