Saudiya Arabistonida hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
12-14 mart kunlari 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olinganlar o‘z oilasiga qaytarilgan.
O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan borgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga to‘lmagan vatandoshlar ham bor.
Elchixona xorijga chiqishni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarga qabul qiluvchi davlat qonunchiligini oldindan o‘rganishni, mahalliy an’ana va me’yorlarni hurmat qilishni, shuningdek, qonuniy bo‘lish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlashni so‘raydi.
«Bundan tashqari, turli vaziyatlarda muloqot qilish uchun mezbon davlat tilining asoslarini o‘rganish tavsiya qilamiz. Saudiya Arabistonida qiyin vaziyatlarga duch kelsangiz Ar-Riyoz shahridagi elchixona yoki Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aniqlanishicha, ish beruvchi ushbu fuqaro ustidan yolg‘on ariza bergan. Natijada u Qatar qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topilib, hibsga olingan.
Mavzuga oid

21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025