Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oylikbot o‘rniga yangi dastur ishga tushiriladi
Ish haqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Oylikbot o‘chirildi. Uning o‘rniga «Moliyachi» axborot tizimi ishga tushiriladi.
Davlat tashkilotlari xodimlarining ish haqi haqidagi ma’lumotlari uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
«Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ish haqi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi «Oylikbot» (chat boti) o‘chirilganini, uning o‘rniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay bo‘lgan «Moliyachi» axborot tizimi ishga tushirilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur dastur ishga tushirilgandan so‘ng xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur ma’lumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi dastur qachondan ishga tushishi noma’lum. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilyapti.
Mavzuga oid
18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
21:06 / 04.04.2025
Yevropa Ittifoqida eng ko‘p soatbay ish haqi qaysi davlatlarda to‘lanadi?
10:58 / 19.03.2025
Maktab direktori va o‘rinbosarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining oyligi oshiriladi
11:29 / 14.03.2025