Jahon | 12:52 / 25.03.2025
11702
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Mask departamenti tekshiruvidan so‘ng 7 mln kishi vafot etgan deb topildi

AQShda tirik bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan 120 yoshdan oshgan 7 million kishi vafot etgan deb e’lon qilindi.

Foto: Allison Robbert/Pool/Reuters

AQSh Ijtimoiy ta’minot xizmati 120 va undan katta yoshdagi yetti millionga yaqin vafot etgan amerikalik tirik bo‘lganlar ro‘yxatida qolayotganini e’lon qildi. Bu haqda Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Departamentga ko‘ra, ma’lumotlarni tozalash uch hafta ichida yakunlangan. DOGE ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda yetti millionga yaqin ijtimoiy sug‘urta raqamlari bekor qilingan.

Nashrning ta’kidlashicha, ayni damda mamlakatda besh millionga yaqin amerikalik tiriklar ro‘yxatiga kiritilgan, lekin aslida vafot etgan.

Avvalroq, DOGE rahbari, amerikalik tadbirkor Ilon Mask mamlakatda ijtimoiy nafaqa oladigan ko‘plab «vampirlar» yashayotganini aytgan edi. To‘lov oluvchilar jadvali ma’lumotlariga ko‘ra, 120 yoshdan 129 yoshgacha bo‘lgan nafaqa oluvchilar soni 3,4 million nafarga yaqin. Bundan tashqari, jadvalda 220 yoshdan 229 yoshgacha bo‘lgan 1 mingga yaqin kishi bor.

Mask «Oqshomlar» filmi real bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi va vaziyatni o‘rganishga va’da berdi.

Mavzuga oid