Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada yashovchi shaxs advokat sifatida ChatGPT'dan foydalandi va sudda yutib chiqdi
Qozog‘istonda erkak kishi SI yordamida sudda unga chiqarilgan jarimaga qarshi chiqdi.
Olmaotalik fuqaro advokat sifatida neyron tarmoqdan foydalandi va o‘zini oqlay oldi. U o‘zining Telegram-kanalida ishining yakuni haqida gapirib berdi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Kenjyebek Ismoilov yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 5,8 ming tenge (taxminan 149 ming so‘m) jarimaga tortilgan — u chorrahada oldida turgan yuk mashinasini aylanib o‘tish uchun jamoat transporti yo‘lagiga chiqib ketgan. Biroq haydovchi jarima o‘ziga noqonuniy ravishda belgilanganiga amin bo‘lib, dastlab ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan, so‘ng rad javobi tufayli sudgacha chiqqan.
ChatGPT da’vogarga arizani tuzishda yordam berdi. «Sapa» xabariga ko‘ra, neyrotarmoq erkakka sudyaning savollariga real vaqt rejimida javob berish jarayonida ham yordam bergan va bor-yo‘g‘i 10 daqiqa davom etgan sud majlisidan so‘ng jarima bekor qilingan.
«Pul uchun sudga bormadim. Bu prinsipiallik masalasi edi. Xodimlar keyingi safar o‘z ishiga jiddiy yondashishlarini istardim. Sudda xodimlar o‘zini qo‘pol va noprofessional tutdi. Bu fuqarolik burchi edi», — deya ishonch bildiradi Kenjyebek.
Endi u politsiya departamentiga murojaat qilib, ma’naviy zarar uchun tovon undirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 15.05.2025
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
00:30 / 16.04.2025