O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi
AQSh, Xitoy va Germaniya dunyodagi eng qimmat brend davlatlar bo‘lib qolmoqda.

Foto: Unsplash
AQSh, Xitoy va Germaniya dunyodagi eng qimmat brend davlatlar bo‘lib qolmoqda. Buni Brand Finance yillik tadqiqoti ma’lumotlari tasdiqlaydi.
O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan o‘rnini yaxshilab, 57-o‘rindan 55-o‘ringa ko‘tarildi. Brendni baholashda yalpi ichki mahsulot hajmi, investitsiyalar va turizm jozibadorligi, siyosat va savdo qoidalari, ijtimoiy jihatlar va boshqa omillar hisobga olingan.
Brand Finance AQSh brendining qiymatini qariyb 37,3 trillion dollarga baholadi, bu o‘tgan yilgi darajadan 15,7 foizga yuqori. Xitoy brendi qiymati 2,9 foizga oshib, 20,5 trillion dollarni tashkil etdi. Uchinchi o‘rinni katta farq bilan Germaniya (+0,3% dan 5 trln dollargacha) egalladi.
Buyuk Britaniya to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi (+10,2 foizdan 4,5 trillion dollargacha), Yaponiyani beshinchi o‘ringa (-4,5 foizdan 4,4 trillion dollarga) joylashtirdi. Keyingi o‘rinlarda Fransiya (+10,4 foizdan 3,9 trillion dollargacha), Hindiston (-5,9 foizdan 2,8 trillion dollargacha), Kanada (+2,2 foizdan 2,7 trillion dollargacha) va Italiya (+3,3 foizdan 2,4 trillion dollargacha) bormoqda.
Rossiya o‘tgan yilgi 25-o‘rindan 23-o‘ringa, Qozog‘iston 45-o‘rindan 43-o‘ringa, Ozarbjyjon 84-o‘rindan 82-o‘ringa, Qirg‘iziston 130-o‘rindan 127-o‘ringa ko‘tarildi.
Turkmaniston bir yil avvalgi 76-o‘rindan 80-o‘ringa, Belarus 79-o‘rindan 88-o‘ringa, Armaniston 102-o‘rindan 103-o‘ringa tushib ketdi. Gruziya 97-o‘rinda, Tojikiston 136-o‘rinda qoldi.
Reytingga jami 192 davlat kiritilgan.
Mavzuga oid

11:09
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025
TIME dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025