Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi
Bu boradagi tegishli qaror mamlakat Oliy sudi tomonidan qabul qilingan. Sobiq prezident bilan birga yana 30 dan ortiq odam sud qarshisida javob beradi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qayd etilishicha, bu boradagi tegishli qaror mamlakat Oliy sudi tomonidan qabul qilingan. 26 mart kuni o‘tkazilgan majlisda sudyalar prokuratura tomonidan ilgari surilgan ayblovlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun yetarlimi degan masalani ko‘rib chiqqan va bir ovozdan ijobiy xulosa bergan.
Bolsonaru bilan birga, sobiq prezidentga sheriklik qilishda ayblanayotgan yana 30 dan ortiq odam sud qilinadi.
Bolsonaru 2019 yildan 2023 yilgacha Braziliya prezidenti bo‘lgan va Lula da Silva uning o‘rniga kelgan edi. Siyosatchi mag‘lubiyatini tan olmagan, lekin lavozimini tark etgan. 2023 yil yanvar oyi boshida natijalardan norozi Bolsonaru tarafdorlari Braziliya poytaxtida norozilik namoyishlari va tartibsizliklar uyushtirgan, jumladan, hukumat binolarini egallab olishga uringan. Namoyishlar kuchishlatar tuzilmalar vakillari tomonidan bostirilgan, Bolsonaruning o‘zi esa 2018 yilda olgan jarohati bahonasida AQShga ketib qolgandi.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, Bolsonaru to‘ntarishni rejalashtirish va uni tashkillashtirishda asosiy rolni o‘ynagan. Sobiq prezident barcha ayblovlarni rad etmoqda va o‘ziga nisbatan ta’qibni siyosiy deb atamoqda. 2023 yil iyun oyida sud sobiq prezidentga sakkiz yil davomida saylovlarda qatnashishni taqiqlagan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025