Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi
Ekipaj a’zolari bortda yo‘qolgan telefon xavfli vaziyat yuzaga keltirishi mumkinligidan xavotirlangan.
Air France aviakompaniyasining Parijdan Puant-a-Pitrga uchayotgan reysi yo‘lovchilardan birining mobil telefoni bortda yo‘qolgani sabab yarim yo‘ldan qaytishga majbur bo‘ldi.
Ekipaj a’zolari bortda yo‘qolgan telefon xavfli vaziyat yuzaga keltirishi mumkinligidan xavotirlangan. Bu xavotirlar telefonning batareyasi bilan bog‘liq edi. Gap shundaki, agar qurilmaning batareyasi haddan tashqari qizib ketsa yoki shikastlansa, samolyotda yong‘in keltirib chiqarishi mumkin edi.
Telefonni qidirish uchun dastlabki urinishlar besamar ketgan. Parvoz vaqtida bortda 375 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ular Parijga eson-omon qo‘nishgan, ammo parvoz ikki soatdan ortiq vaqtga kechikkan.
Keyinchalik telefon texnik xizmatlar tomonidan topildi. Shundan so‘ng, reys belgilangan manzilga jo‘nab ketdi.
Avvalroq Los-Anjyelesdan Xitoyga uchgan Amerika samolyoti uchuvchida pasport yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘lgandi. Hodisa tufayli samolyot Shanxayga olti soat kechikib yetib keldi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025