O‘zbekiston | 17:00 / 27.03.2025
18592
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Afsonaviy Toshkent suvi qaytmoqda 

Toshkent mineral suvi - o‘rta va katta yoshdagi avlod vakillari Toshkent shahri va viloyatining deyarli barcha oziq-ovqat do‘konlarida sotilgan 0,5 litrlik shisha idishlardagi gazlangan suvning ta’mini yaxshi eslab qolishgan. O‘zbekiston poytaxti aholisi ushbu mineral suvni shu qadar sevib ichganki, har qanday gazlangan suvni “Toshkent suvi” deb atashgan.

Toshkentliklarning sevimli mineral suvi qayerga g‘oyib bo‘ldi? Bu suv qayerdan olinadi va qanday foydali xususiyatlarga ega? Toshkent suvi qachon sotuvga chiqariladi?

“Toshmineralsuv Bottler” MChJ direktori Rustambek Qahhorbekov shu va boshqa savollarga javob berdi.

— Rustambek Ulug‘bekovich, Toshkent mineral suvining paydo bo‘lish tarixini aytib bersangiz.

— Tasodifiy narsalar eng sevimli bo‘lib qoladi, degan gap bor. Toshkent mineral suvi ham xuddi shunday. 1952 yilda geologlar Toshkentdan taxminan 20 km shimolda joylashgan Keles bekati hududida qidiruv quduqlarini burg‘ilashdi. 1371 metr chuqurlikdan neft yoki gaz emas, issiq suv otilib chiqdi. Moskvada o‘tkazilgan tahlillar ushbu suv tarkibida inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan ko‘plab mikroelementlar mavjudligini aniqladi. Shu yilning o‘zida O‘zSSR rahbariyati Toshkent viloyatida mazkur suvning xususiyatlariga asoslangan balneologik shifoxonalar qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Toshkent shahri va viloyati hududida 9 ta davolash muassasasi barpo etildi. Ulardan biri bo‘lgan «Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi bugungi kunda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. O‘z hududida maxsus suv qudug‘iga ega bo‘lgan bu sanatoriyda ko‘plab kasalliklar samarali davolanib kelmoqda.

1962 yilda O‘zSSR Oziq-ovqat sanoati vazirligining tashabbusi bilan uchta quduqdan Toshkent mineral ichimlik suvini idishlarga quyish boshlandi. Yumshoq ta’mli va tarkibida foydali moddalar bisyor bo‘lgan bu mineral suv toshkentliklarga manzur bo‘ldi. Suv shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, toshkentliklar SSSRning boshqa shaharlarida bo‘lganlarida do‘konlar va restoranlarda Toshkent suvini so‘raydigan bo‘lishdi. Hatto gazlangan har qanday suvni “Toshkent suvi” deb atay boshlashdi.

— 1990 yillar o‘rtalarida Toshkent suvi sotuvdan chiqib ketdi. Buning sababi nimada?

— Bu ko‘plab korxonalar yopilayotgan paytlar edi. Rejali tizim iqtisodiyotning bozor modeliga o‘zgartirildi. Boshqa tomondan, ichimliklar bozorida, shu jumladan jahon miqyosida yangi o‘yinchilar paydo bo‘ldi. Bizda sanatoriy infratuzilmasini qayta tiklash va O‘zbekistonga transmilliy korporatsiyalarning kirib kelishi bilan bog‘liq murakkab davrlar boshlandi. Ular o‘z mahsulotlari va ulkan reklama budjetlari bilan bizning bozorimizga kirib kelishdi. O‘zbekistonliklarda esa jahon brendlariga qiziqish bor edi. O‘ylaymanki, shu sababli uzoq vaqt davomida Toshkent mineral suvi faqat sanatoriydagi quduqlardan odamlarga yetib borgan. Bugun vaziyat o‘zgarmoqda. Iste’molchilar allaqachon ko‘plab kompaniyalar oddiy filtrlangan suvni yoki sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilgan suvni qimmatroq sotish uchun sotishlarini bilishadi. Yaltiragan hamma narsa oltin emas, degan tushuncha paydo bo‘ldi. Sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan talab esa yildan yilga ortib bormoqda.

— Toshkent mineral suvi qanday jihatlari bilan qimmatli? Uning tarkibida qanday foydali elementlar mavjud?

— Toshkent mineral suvi uchta qimmatli xususiyatga ega.

Birinchisi, kremniy miqdori yuqori bo‘lganligi sababli suv davlat standartlari bo‘yicha shifobaxsh hisoblanadi. Internetdan “kremniyning sog‘liq uchun foydasi” deb izlab ko‘ring, ona zaminimizning biz toshkentliklarga naqadar saxovatli ekanligidan hayratda qolasiz.

Ikkinchidan, u barqaror yuqori pH ko‘rsatkichiga ega. Bu esa uning ta’mini yumshoq qiladi va suvning shifobaxsh xususiyatlariga kislota-ishqor muvozanatini uyg‘unlashtirish qobiliyati qo‘shiladi. Bu kasallikdan so‘ng tiklanayotgan, ishda stressga duch keladigan yoki yog‘li taomlar — palov, kabob va zamonaviy fastfudlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun nihoyatda dolzarbdir.

Uchinchidan, uni bolalar, kattalar va qariyalar cheklanmagan miqdorda ichishi mumkin. Do‘konlardagi barcha mineral suvlarni faqat shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ichish tavsiya etiladi, biznikini esa istagan odam qarshi ko‘rsatmalarsiz ichishi mumkin.

—  Bu suv qanday va qachon paydo bo‘lgan?

— O‘zbekistonda yer osti suvlarini o‘rganuvchi Gidrogeologiya instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. 1950 yillarning boshlarida gidrogeologlar Toshkent zamini ostida suvli ufq borligini aniqladilar. Taxminan 200-250 mln yil oldin Markaziy Osiyo va Kavkaz hududida Tetis okeani mavjud bo‘lgan. Bu “yashil loy” yoki boshqacha aytganda, suvga chidamli qatlam hosil bo‘lishiga olib kelgan. Yog‘ingarchilik — eriyotgan qor yoki yomg‘ir ko‘rinishidagi suv asta-sekin pastga, yer qa’riga oqib tushadi. U turli jinslar — loy, qumtosh, tosh, granit orqali o‘tadi. Bu harakatda suv filtrlanadi va parallel ravishda tabiiy foydali mikroelementlarni to‘plab boradi. Pastga oqib tushayotgan suv suv o‘tkazmaydigan qatlamga yetganda to‘xtaydi va chuqurlikda to‘planib, yer osti ko‘lini hosil qiladi. Shunday qilib, taxminan 60 mln yil oldin Toshkent ostida suvli ufq shakllangan. Bu noyob tabiiy hosiladir. Bu suv bizga 1371 metr chuqurlikdan keladi.

— Toshkent suvini qanday mineral suvlar bilan taqqoslash mumkin?

— Dunyo bo‘ylab ko‘plab turli xil mineral suv manbalari ma’lum. Har bir manbaning o‘z kelib chiqish tarixi bor. Barcha termal buloqlar o‘ziga xos tarkibga ega. Mikroelementlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra dozalab ichish kerak bo‘lgan mineral suvlar mavjud. Italiyaning San-Pellegrino Alp tog‘laridagi mineral suvlar tarkibi bo‘yicha Toshkent mineral suvlari bilan taqqoslanadi. U ham shu qadar yumshoq va mazaliki, uni har kuni ichish mumkin.

— Toshkent suvini qayta qachon icha olamiz?

— “Toshkent mineral suvlari” sanatoriysi yonida, quduqqa yaqin joyda zamonaviy zavod qurdik. Korxonaga “Toshmineralsuv Bottler” deb nom berdik. Bahordan boshlab mahsulotlarimizni shahar do‘konlariga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yamiz va yoz mavsumiga kelib, ularni shahrimizdagi ko‘plab do‘konlarda uchratishingiz mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, bu suvning ta’mi nafaqat toshkentliklarga, balki butun O‘zbekiston aholisiga manzur bo‘ladi.

— O‘zbekistonda suv bozori nihoyatda to‘yingan va ko‘plab o‘yinchilarga ega. Raqobatdan qo‘rqmaysizmi?

— Yo‘q, qo‘rqmaymiz. Bizda Yevropa standarti asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa yuqori sifatni kafolatlaydi. Toshkent suvi azaldan o‘zbekistonliklar tomonidan sevib ichilgan. Bu bamisoli ona qo‘llari bilan yopilgan nonning unutilgan ta’miga o‘xshaydi. Bir marta tatib ko‘rsang, darrov onangning mehr-muhabbatini eslaysan. Ishonchim komilki, Toshkent suvi iste’molchilarimiz qalbidan munosib joy oladi.

Sayt | Instagram | Facebook

Reklama huquqi asosida

photo_2025-03-27_16-04-38.jpg