Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti
Mamlakatda 2015 yildan beri politsiyachilar yuklamasi 32 foizga, huquqbuzarliklar soni esa 44 foizga oshgan.

Foto: BBC
Haddan tashqari yuklama va ortiqcha ish tufayli Britaniya politsiyachilariga jinoyatlarni to‘g‘ri tergov qilish uchun vaqt va resurslar (ba’zi hollarda esa tajriba) yetishmayapti, bu esa ularning ochilish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Britaniya qirollik politsiya, yong‘in va qutqaruv xizmatlari inspeksiyasi (HMICFRS) tomonidan e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, 2024 yilda Angliya va Uelsda jinoyatlarning ochilish darajasi 2015 yil bilan taqqoslaganda sezilarli darajada tushib ketgan. Bundan o‘n yil oldin barcha ishlarning 25,4 foizi ochilgan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 11,3 foizni tashkil etmoqda.
HMICFRS tahlilchilarining yozishicha, 2015 yildan beri politsiyachilar yuklamasi 32 foizga, ro‘yxatga olingan huquqbuzarliklar soni esa 44 foizga oshgan. Shu bilan birga, politsiya xodimlari 13 foizga qisqargan. Hisobotda qayd etilishicha, so‘rovda ishtirok etgan politsiyachilarning aksariyati yuklamalar haddan ortiq ko‘pligi va muntazam yangi ishlab kelayotgani bois mavjudlarini tergov qilishga vaqt yetishmayotganini ma’lum qilgan.
«Politsiya bo‘linmalari rahbarlarida barcha og‘ir jinoyatlarni ularning o‘zlari ham, jamoatchilik ham kutgan standartlar bo‘yicha tergov qilish uchun yetarli resurslar yo‘q», — deydi politsiya inspektori Li Frimen.
«Biz shunday xulosaga keldikki, og‘ir jinoyatlarni yanada samarali tergov qilish uchun huquq-tartibot idoralariga ko‘proq xodimlar kerak», — deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid

00:46 / 01.04.2025
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot

22:08 / 25.03.2025
Buyuk Britaniyada 2 ming yillik tarixga ega xazina topildi

18:16 / 24.03.2025
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin

16:44 / 24.03.2025