Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi
Mamlakat bu boradagi yetakchi davlatlardan 2 barobar orqada ekani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha 2024 yilda dunyo mamlakatlarining Ceoworld Magazine reytingida 110 ta davlat orasida 64-o‘rinni egalladi.
Reyting tibbiyot infratuzilmasi va mutaxassislar, dori-darmonlarning mavjudligi va arzonligi, hukumat dasturlarining hisobi asosida sog‘liqni saqlash tizimiga umumiy baho beradi. O‘zbekiston 100 balli tizimda 36,26 ball to‘plagan.
Dunyo reytingida Tayvan (78,72), Janubiy Koreya (77,7) va Avstraliya (74,11) sog‘liqni saqlash tizimlari eng yaxshi deb tan olindi, O‘zbekiston ulardan 2 barobar orqada.
Reytingda Rossiya (42-o‘rin), Ozarboyjon (57-o‘rin), Belarus (61-o‘rin), Ukraina (76-o‘rin), Qozog‘iston (78-o‘rin) va Turkmaniston (95-o‘rin) ham qayd etilgan.
Dunyo bo‘yicha Salvador, Honduras va Nepal sog‘liqni saqlash tizimlari eng yomon deb topilgan.
Ushbu indeks sog‘liqni saqlash tizimi umumiy sifatining statistik tahlilini o‘z ichiga oladi. Jumladan, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi, tibbiyot mutaxassislarining (shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlari) malakasi; tibbiy xizmatlar narxi, sifatli dori vositalarini olish imkoniyati va hukumatning bu boradagi ishlarda qanchalik tayyorligi, atrof-muhit holati, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi kabi omillar hisobga olinadi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025