Tramp Signal'dagi nosozlik ma’lumotlar sizib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi
Tramp: maxfiy chatdan ma’lumotning sizib chiqishiga Signal'dagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: AFP via Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Signal messenjeridagi nosozlik AQShning yuqori martabali amaldorlari husiychilarga zarba berish masalasini muhokama qilgan yopiq suhbatdan ma’lumotlar sizib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb yozadi The New York Post.
«Menimcha, Signal noto‘g‘ri ishlagan bo‘lishi mumkin, rostini aytsam, bu noto‘g‘ri platforma bo‘lishi mumkin va biz buni aniqlashimiz kerak», dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts sodir bo‘lgan voqea uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan va Pentagon rahbari Pit Xegsetning «bu ishga hech qanday aloqasi yo‘q».
24 mart, dushanba kuni The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldberg begona raqam orqali AQSh amaldorlarining yopiq chatiga kirib qoldi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, hukumat a’zolari yamanlik husiychilarga qarshi harbiy operatsiyani muhokama qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uolts uni chatga 13 mart kuni, AQSh hukumati Yaman isyonchilariga qarshi harbiy amaliyotlar boshlanganini e’lon qilishidan ikki kun oldin qo‘shgan.
Xegset chatda qandaydir harbiy rejalar e’lon qilinganini rad etdi. Goldberg vazirning bayonotini yolg‘on deb atadi.
AQSh 15 va 16 mart kunlari Yamanga qator zarbalar berdi. Ular husiychilar nazoratidagi poytaxt Sano va uning atrofida, shuningdek, mamlakat shimolidagi Saada viloyati va Hodeyda portiga kelib tushdi. Guruhning ma’lum qilishicha, AQSh hujumi oqibatida 53 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

21:37 / 31.03.2025
WSJ: Trampning maslahatchisi Mayk Uols Signal messenjeri chatlarida Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilgan

20:11 / 31.03.2025
Muzokaralarda siljish bo‘lmayotgani Trampni g‘azablantirmoqda

18:15 / 31.03.2025
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi

17:11 / 31.03.2025